Belarus sanksiyalar tufayli yiliga 18 mlrd dollargacha zarar ko‘radi

Jahon 11:34 / 16.05.2022 5385

Belarus iqtisodiyoti g‘arb sanksiyalari tufayli ko‘rayotgan yo‘qotishlar hajmi yiliga 16-18 milliard dollarni tashkil etadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Roman Golovchenko Al Arabiya telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar tarqadi «BelTA» davlat agentligi.

Golovchenkoning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar tufayli Belarus o‘z mahsulotlarini Yevropa ittifoqi va Shimoliy Amerika mamlakatlariga sotish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan. Yo‘qotishlarning o‘rnini qoplash uchun Minsk eksport oqimini boshqa bozorlarga – «shu jumladan, Osiyo, Afrika, Yaqin Sharq va Arab ko‘rfaziga» yo‘naltirmoqchi», dedi bosh vazir. 

Fevral oyi oxirida Yevropa ittifoqi o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan «DXR» va «LXR»ning «mustaqilligi» va Ukrainaga qarshi tajovuzni tan olish uchun mas’ul bo‘lgan Rossiya va Belarus jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan yangilangan sanksiyalar ro‘yxatini e’lon qildi. 

Ro‘yxatda jami 670ta pozitsiya mavjud. Uning tarkibiga Belarus Respublikasining bir qator harbiy rahbarlari va hukumat amaldorlari kirdi. Ularning Yevropa ittifoqidagi aktivlari muzlatiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: