Xitoy futbol bo‘yicha 2023 yilgi Osiyo kubogini o‘tkazishdan bosh tortdi 

Sport 15:15 / 14.05.2022 28356

Xitoy epidemiologik vaziyat sababli futbol bo‘yicha 2023 yilgi Osiyo kubogi musobaqasini qabul qilmaydi. Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi ma’lum qildi.

Qit’aning 24 milliy jamoasi ishtirokida har to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladigan ushbu musobaqa kelgusi yil 16 iyunidan 16 iyuligacha Xitoyning o‘nta shahrida bo‘lib o‘tishi lozim edi.

«Osiyo futbol konfederatsiyasi Xitoyni ushbu turnirni o‘tkazish huquqidan voz kechishga majbur qilgan COVID-19 pandemiyasi holatini e’tirof etadi», — deyiladi OFK bayonotida.

Turnir o‘tkaziladigan mamlakat keyinroq e’lon qilinadi. 

Ko‘proq yangiliklar: