O‘zbekistonga baliq asosan Rossiyadan olib kelinmoqda 

Iqtisodiyot 08:51 / 14.05.2022 22569

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga 21ta xorijiy davlatdan qiymati 3,7 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,2 ming tonna baliq va dengiz mahsulotlari import qilingan. 

Qayd etilishicha, baliq va dengiz mahsulotlari importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 752 tonnaga oshgan. 

2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston eng ko‘p baliq va dengiz mahsulotlarini import qilgan davlatlar orasida Rossiya yetakchilik qilmoqda – 980 tonna.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Vetnam – 541 tonna;
  • Litva – 254,3 tonna;
  • Qozog‘iston – 250,4 tonna;
  • Norvegiya – 117 tonna;
  • Latviya – 19,5 tonna;
  • Fransiya – 1,9 tonna.
Ko‘proq yangiliklar: