Dunyoning eng ko‘p haq to‘lanadigan sportchilari ro‘yxati e’lon qilindi 

Sport 18:44 / 12.05.2022 29390

Forbes dunyoning eng ko‘p haq to‘lanadigan sportchilari reytingini e’lon qildi

Ro‘yxatda birinchi o‘rinni «Pari Sen-Jyermen» va Argentina milliy jamoasi futbolchisi Lionel Messi egalladi. Hujumchi 130 million dollar ishlagan. Bundan 75 million dollari uning maoshi bo‘lsa, qolgan 55 million dollari homiylik va reklama shartnomalari to‘lovlaridan topilgan.

Yuqori uchtalikka «Los-Anjyeles Leykers» basketbolchisi Lebron Jyeyms (121 million dollar) va «Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu (115 million dollar) kirgan.

Braziliyalik futbolchi Neymar, amerikalik basketbolchilar Stefen Karri va Kevin Dyurant, shveysariyalik tennischi Rojyer Federer, meksikalik bokschi Saul Alvares, amerikacha futbol vakili Tom Breydi va gretsiyalik basketbolchi Yannis Adetokunbo yuqori o‘ntalikdan joy olgan.

Forbes yanvar oyida eng ko‘p haq oladigan sportchi ayollar reytingini taqdim etgandi. Reytingda yaponiyalik tennischi Naomi Osaka ketma-ket ikkinchi yil birinchi bo‘lgandi. U 57 million dollardan ortiq pul ishlagan bo‘lib, 55 million dollarini homiylik shartnomalaridan olgan, 2,3 million dollarni esa musobaqalarda ishlab topgan.

Ko‘proq yangiliklar: