Electronic Ars FIFA bilan 30 yillik hamkorlikni to‘xtatmoqda

Sport 10:41 / 11.05.2022 23085

Nashrning yozishicha, uzoq muddatli va foydali hamkorlikning to‘xtatilishiga tomonlar o‘rtasida FIFA brendidan foydalanish uchun litsenziya narxi bo‘yicha kelishmovchiliklar sabab bo‘lgan. 

EA 1993 yildan beri FIFA deb nomlangan sport simulyatori yo‘nalishida videoo‘yinni chiqarib keladi. FIFA 23 seriyadagi so‘nggi o‘yin bo‘ladi: 2023 yil yozida bo‘lib o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatidan keyin o‘yin nomi EA Spors FC deb o‘zgartiriladi. 

Financial Times nashrining yozishicha, o‘yin mazmuni asosan o‘zgarishsiz qoladi: asosiy ligalar, turnirlar, klublar va sportchilar saqlanib qoladi. 

Nashrning qayd etishicha, FIFA Electronic Ars bilan hamkorlikda yiliga 150 million dollarga yaqin daromad oladi – bu mablag‘ har to‘rt yilda bir marta bo‘lib o‘tadigan erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatidan keladigan foydadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.  

Ko‘proq yangiliklar: