O‘zbekistonga tashrif buyuradigan Italiya futbol afsonalari jamoasi e’lon qilindi

Sport 22:52 / 06.05.2022 28295

Unga ko‘ra, Italiya futbol afsonalari safidan faqatgina italiyalik sobiq yulduzlar emas, o‘z vaqtida A Seriyada to‘p surgan nomdor o‘yinchilar ham joy olgan.

Demak, quyidagi tarkib O‘zbekistonga tashrif buyuradigan bo‘ldi:
Darvozabon: Kristian Abbyati
Himoyachilar: Luka Antonini, Dario Shimich, Kristian Dzakkardo, Kristian Zenoni, Sezariya Eduardo, Nasimento Santos Aldair, Vensan Kandela.
Yarimhimoyachilar: Luidji di Byadjo, Karbone Anjyelo, Marek Yankulovski, Serjio Klaudio Dos Santos, Lyudovik Jyuli, Robson Toledo Machado.
Hujumchilar: Alberto Jilardino, Daniyele Massaro, Vinchenso Yakvinta

O‘zbekiston futbol afsonalari jamoasi tarkibi esa quyidagicha ko‘rinish oladi:
Darvozabonlar: Pavel Bugalo, Ignatiy Nesterov
Himoyachilar: Baxtiyor Ashurmatov, Vitaliy Denisov, Anzur Ismoilov, Shavkat Mullajonov, Akmal Shorahmedov, Asqar Jadigerov, Islom Inomov, Asror Aliqulov
Yarimhimoyachilar: Odil Ahmedov, Server Jeparov, Temur Kapadze, Sanjar Tursunov, Aziz Haydarov, Jasur Hasanov, Eldor Magdeyev
Hujumchilar: Aleksandr Geynrix, Bekzod Mamatqulov, Shuhrat Mirxoldirshoyev, Nosir Otaqo‘ziyev, Anvar Soliyev, Ne’matillo Quttiboyev. 

Eslatib o‘tamiz, o‘zbek futbolining 110 yilligiga bag‘ishlangan ushbu bahs 18 may kuni «Paxtakor» stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: