Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hali ham odamlar yashaydigan tirik qadimiy shahar – Ichan-qal’adan fotoreportaj
Kun.uz muxbiri O‘zbekistonning tarixiy ahamiyatga ega Ichan-qal’a me’moriy yodgorligidan fotoreportaj tayyorladi.
18-19 aprel kunlari Turizm va madaniy meros vazirligi, madaniy meros agentligi hamda Xorazm viloyati hokimligi jurnalistlar uchun Xorazm viloyatiga infotur tashkil qildi. Kun.uz muxbiri Ichan-qal’a me’moriy yodgorligidan fotoreportaj tayyorladi.
Ichan-qal’a O‘rta Osiyodagi yirik va noyob me’moriy yodgorlik bo‘lib, Xivaning ichki qal’a (Shahriston) qismi. Ichan-qal’a shaharning Dishan qal’a (tashqi qal’a) qismidan kungurador devor bilan ajratilgan. U Xiva raboti (Dishan qal’a)dan baland qo‘rg‘ontepaga o‘xshab ko‘rinadi. Ichan-qal’aga 4 darvoza (Bog‘cha darvoza, Polvon darvoza, Tosh darvoza, Ota darvoza)dan kirilgan. 26 gektar yer maydoni 2200 qalin paxsa devor bilan o‘rab olingan.
Xon zamonida shahar darvozalarida bojxona bo‘lgan. Kelgan sayyohlar shaharga kirishdan avval boj to‘lab kirgan, sarrofxonalarda pul ayirboshlangan. Qadimda kelgan mehmonlar qal’aning sharqiy qismida joylashgan hammomda yuvinib poklanib kasalliklardan forig‘ bo‘lib, keyin shaharga kirishiga ruxsat berilgan.
19 asrda shahar darvozalari ertalab bomdodga azon aytilganda ochilgan, kechki payt xufton namozida yopilgan. Xiva shahrining 80 foizga yaqin tarixiy yodgorliklari jam bo‘lgan. 1967 yilda shaharda muzey qo‘riqxona tashkil qilingan va 90-yillarda 100-tarixiy shahar bo‘lib Markaziy Osiyoda birinchilardan Yuneskoning tasarrufiga kiritilgan.
Ichan-qal’a markazida XX asr boshlariga tegishli noyob diniy muassasa – Islomxo‘ja madrasasi me’moriy ansambl madrasaning o‘zi va balandligi 45 metr bo‘lgan minoradan iborat.
Ichan-qal’aning shimol va janubida 2,500 aholi yashaydi. Qizig‘i, Ichan-qal’a ichida yashovchi aholi o‘z xonadonida mehmon uylarini tashkil qilgan. Qal’a ichidagi aholi hunarmandchilik va uyidan ochgan mehmon uylaridan tushgan foyda evaziga ro‘zg‘or tebratadi.
Bundan tashqari, Ichan-qal’ada gilamchilik ustaxonasi ham bor. To‘quvchilarning so‘zlariga qaraganda, 120x180 santimetrlik gilam 6 oy davomida tayyorlanadi. Ipakdan tayyorlangan gilamlar olovda kuymaydi, asrlar davomida xizmat qiladi.
Xiva xonining elchilarni qabul qiluvchi saroyi. Saroyning 8 oynasi “kamera” vazifasini o‘tagan. Oynalarning orqa tarafida soqchilar turib xonni himoya qilgani aytiladi.
Madina Ochilova, Kun.uz muxbiri
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga muzokaralarning yangi raundini o‘tkazishni taklif qildi
Jahon | 20:47
-
Ilhom Aliyev Ukrainani hech qanaqasiga «okkupatsiyaga rozi bo‘lmaslik»ka chaqirdi
Jahon | 20:19
-
Indoneziyada bortida 280 kishi bo‘lgan parom yonib ketdi (video)
Jahon | 19:57
-
Germaniya kansleri: «Biz tinchligimizga jiddiy tahdidni ko‘rmoqdamiz - va bu Rossiya»
Jahon | 19:17
Mavzuga oid

19:31 / 08.07.2025
Urganchda ikki o‘smir ko‘p qavatli uy tomidan qulab halok bo‘ldi

19:00 / 04.07.2025
8–10 avgust kunlari Xiva shahrida an’anaviy “Qovun sayli” bo‘lib o‘tadi

19:53 / 03.07.2025
Yangiariqda ushlangan sudya ishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

09:55 / 20.06.2025