Namangandagi YTHda 3 nafar yo‘lovchi jarohat oldi

Jamiyat 13:16 / 20.04.2022 11988

Qayd etilishicha, 2022 yil 5 aprel kuni soat 15:00 larda, Namangan-Uychi-Uchqo‘rg‘on yo‘lining 10-kilometrida 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvida bo‘lgan VAZ-2106 rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada, VAZ-2106 rusumli avtomashinada bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchi turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 15 aprel kuni JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq, Namanganda Volvo yuk mashinasi yonib ketgani xabar qilingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: