Samarqandda fuqaroning xonadonidan yirik miqdordagi giyohvand moddalar topildi

Jamiyat 13:27 / 14.04.2022 948

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, viloyat IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Samarqand-Toshkent yo‘nalishida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi, 1985 yilda tug‘ilgan Sh.U. va Samarqand tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan A.X. mahalliy fuqaroga 49,5 gramm opiy giyohvandlik moddasini 2 100 dollarga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Tadbir davomida ushbu shaxslar giyohvand moddalarni Samarqand shahrida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan M.M.dan sotib olgani aniqlangan. Shundan so‘ng M.M.ning yashash xonadoni tegishli tartibda ko‘zdan kechirilganda u yerda 5 kilogramm opiy va 1 kilogramm gashish giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, hozirda yuqoridagi shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: