Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi har bir mahallaga 2 mlrd so‘mdan ajratiladi
Joriy yilda Toshkent shahridagi har bir mahallaga respublika budjetidan 1 mlrd so‘mdan, mahalliy budjetning qo‘shimcha daromadlari hisobidan yana 1 mlrd so‘mdan ajratiladi va ichki yo‘llar yaxshilanadi. Bundan tashqari, Toshkent shahri budjetining prognozdan yuqori tushumi hisobidan 200 mlrd so‘m mablag‘ mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga yo‘naltiriladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident mahallalarni obod, ozoda va yashil makonga aylantirish, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni ko‘paytirish masalasiga ham to‘xtaldi.
Xususan, «Poytaxt – madaniyat va ma’rifat bulog‘i» loyihasi doirasida taniqli 400 dan ziyod mahallada mumtoz kuy-qo‘shiq va maqom kechalari uyushtirildi. Aholi uchun 40 ta spektakl, 70 dan ziyod milliy filmlar namoyishi, 20 dan ortiq gala-konsert tashkil qilindi.
Mutasaddilarga «temir», «ayollar» va «yoshlar» daftarlariga kiritilgan aholini teatrlar, muzey va konsertlarga bepul chiptalar bilan ta’minlash amaliyotini yo‘lga qo‘yish topshirildi.
«Mahallada duv-duv gap» loyihasi doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 56 nafar farzandining sunnat to‘ylari o‘tkazib berilgani xalqimizga xos mehr-oqibat va muruvvatning yana bir namunasi bo‘ldi.
O‘tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar poytaxtimiz aholisi orasida katta qiziqish uyg‘otib, jamoatchilik tomonidan ijobiy baholanayotganini hisobga olib, bu ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.
O‘tgan yili yangi «mahallabay» tizimini joriy qilish maqsadida Toshkent shahrining barcha tumanlari va mahallalariga mas’ullar biriktirilgan edi.
Endi ular tuman va mahallalarni rivojlantirish bo‘yicha barcha masalalar bilan shug‘ullanish, jumladan obodonchilik, ozodalik va ko‘kalamzorlashtirishni ta’minlash, aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish kabi vazifalar ijrosida mahalliy hokimiyat organlariga ko‘maklashadi. Jumladan:
- mahallalarda taniqli san’atkorlar, ijodkorlar va sportchilar ishtirokida konsert, adabiy va ijodiy uchrashuvlarni tashkil etish;
- har oyda kamida 10 ta ehtiyojmand nuroniylarni Samarqand, Buxoro va Xiva kabi turizm markazlariga sayohatga olib borishni uyushtirish;
- har yili kamida 10 nafar ehtiyojmand nuroniyni sanatoriyda davolanishini ta’minlashda tuman rahbarlariga amaliy yordam beriladi.
Bundan tashqari, rahbarlar har bir mahallada ko‘chalar va ariqlar bo‘ylari, ko‘p qavatli uylar atrofiga mevali va manzarali daraxtlar, terak qalamchalari va gul ko‘chatlari ekishni tashkil etishi zarur.
«Yana bir masala – biz o‘tgan yili poytaxtdagi 579 ta mahallaning har biriga 2 mlrd so‘mdan, jami 1 trln 158 mlrd so‘m mablag‘ ajratib, ichki yo‘llarni qurish-ta’mirlash bo‘yicha katta ko‘lamdagi ishlarni amalga oshirdik.
Bu chora juda yaxshi samara berganini hisobga olib, joriy yilda ham har bir mahallaga respublika budjetidan 1 mlrd so‘mdan, mahalliy budjetning qo‘shimcha daromadlari hisobidan yana 1 mlrd so‘mdan ajratiladi va ichki yo‘llar yaxshilanadi», dedi Prezident.
Bundan tashqari, Toshkent shahri budjetining prognozdan yuqori tushumi hisobidan 200 mlrd so‘m mablag‘ mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga yo‘naltiriladi.
«Toshkent shahri mahallalarini obod va ko‘kalamzor qilish ishlari, avvalambor, xalqimiz uchun munosib turmush sharoitini yaratish, ularni rozi qilishga yo‘naltirilgan», dedi davlat rahbari yig‘ilish yakunida.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

14:03 / 09.07.2025
5,2 mingta mahallada o‘tgan 6 oyda birorta jinoyat sodir bo‘lmadi

20:51 / 08.07.2025
Yil boshidan buyon sodir etilgan jinoyatlarning 42 foizini kiberjinoyatlar tashkil qildi

12:30 / 08.06.2025
Toshkentdagi mahalla ichida 5 qavatli mehmonxona qurilishi mumkin. Aholi bunga qarshi chiqmoqda

19:20 / 25.04.2025