Turizm va madaniy meros vazirligi tuzilmasi tasdiqlandi

O‘zbekiston 07:27 / 23.02.2022 1765

Prezident tomonidan “Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.

Quyidagilar tasdiqlandi: Turizm va madaniy meros vazirligining tashkiliy tuzilmasi; Turizm va madaniy meros vazirligi markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 84 nafar bo‘lgan tuzilmasi.

Turizm va madaniy meros vazirligining hududiy bo‘linmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 386 nafarni tashkil etadi.

Belgilanishicha:

  • Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi etib qayta nomlanadi;
  • jamg‘arma mablag‘lari Turizm va madaniy meros vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari, shuningdek, tizim tashkilotlari xodimlarini qo‘shimcha rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi;
  • Turizm va sport vazirligining mol-mulki, shu jumladan avtotransport vositalarini Turizm va madaniy meros vazirligiga o‘tkazishda qayta rasmiylashtirish uchun to‘lovlar undirilmaydi;
  • Turizm va sport vazirligining markaziy apparati xodimlarini Turizm va madaniy meros vazirligiga ishga qabul qilish bosh vazir o‘rinbosari - turizm va madaniy meros vaziri tomonidan tegishli davlat organlari tomonidan ilgari amalga oshirilgan kelishuvlarni, tanlov natijalarini inobatga olgan holda, mustaqil amalga oshiriladi.

Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirishning qo‘shimcha manbalari belgilandi:

  • muassisi Turizm va madaniy meros vazirligi hisoblangan korxonalar va tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda-tizim tashkilotlari) ixtiyorida soliqlar va yig‘imlar to‘langanidan keyin qoladigan sof foydaning bir qismi;
  • xususiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlarga muvofiq davlat mulki obektlarini realizatsiya qilishdan tushadigan tegishli mablag‘lar;
  • tizim tashkilotlarining mol-mulkini (bundan ko‘chmas mulk mustasno) sotishdan tushgan mablag‘larning 50 foizi;
  • tizim tashkilotlarining mol-mulkini ijaraga berishdan tushgan budjetga yo‘naltirilayotgan mablag‘larning 50 foizi;
  • tizim tashkilotlari faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha Turizm va madaniy meros vazirligining ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan davlat budjeti mablag‘larining, shuningdek talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summalarining 50 foizi;
  • tizim tashkilotlari faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha Turizm va madaniy meros vazirligining ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan hamda davlat maqsadli jamg‘armalari va budjetdan tashqari jamg‘armalar daromadiga undirilgan noqonuniy sarflangan budjet mablag‘lari, talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summalari;
  • tizim tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalariga tushadigan mablag‘larning 10 foizi;
  • jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
  • turizm va madaniy meros sohalaridagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishdan tushadigan mablag‘lar;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston norezidentlarining homiylik xayriyalari;
  • xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;
  • qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ko‘proq yangiliklar: