«Aqlli» radarlar, qulab tushgan «uchar taksi», Nokia’ning «cho‘ntakbop» smartfoni – hafta texnologik dayjesti

Fan-texnika 09:12 / 20.02.2022 137398

Nokia’ning «cho‘ntakbop» smartfoni

Foto: Nokia

HMD kompaniyasi o‘zining Nokia G21 smartfonini namoyish etdi. Yangi smartfon avvalgi G20 modelidan ekrani bilan farq qiladi – u 90 Gsli diagonali 6,5 dyuym bo‘lgan HD+ displey bilan jihozlangan. Smartfonning old kamerasi 8 Mp.

Unga sakkiz yadroli Nokia G21 protsessori o‘rnatilgan. Smartfon 4/6 GB tezkor va 64/128 GB doimiy xotiraga ega.

G21 Android 11 operatsion tizimida ishlaydi, ammo tez vaqt ichida 12-versiyagacha yangilanishiga va’da berilmoqda.

Smartfonga uchta - 50 Mp bo‘lgan bitta asosiy va 2 Mp bo‘lgan ikkita kamera o‘rnatilgan.

Akkumulyator sig‘imi 5050 mAchni tashkil etadi.

Yangi Nokia G21 smartfonining narxi 186 dollardan boshlanadi.

Qulab tushgan «uchar taksi»

Foto: Joby Aviation

AQShda uchuvchisiz harakatlanadigan Joby uchar taksisining sinov modellaridan biri qulab tushdi. Besh o‘rinli elektr aerotaksi soatiga 435 km tezlikda harakatlangan.

Joby Aviation o‘n yildan ortiq vaqtdan buyon aerotaksi ishlab chiqish ustida ish olib bormoqda.

Shuningdek, Volocopter, eHang, Lilium va Vertical Aerospace kabi kompaniyalar ham aerotaksi yaratish ustida ish olib bormoqda.

Avvalroq, Slovakiyaning Klein Vision kompaniyasi uchar avtomobilda tarixdagi ilk shaharlararo parvozni amalga oshirgandi. AirCar deb nomlangan mashina Slovakiyaning Nitra va Bratislava shaharlari o‘rtasidagi 85 kmlik masofani 35 daqiqada uchib o‘tgan.

Kosmosga sayohat qilish chiptalari

Foto: Virgin Galactic

Virgin Galactic Holdings Inc kompaniyasi 16 fevral kunidan suborbital parvozlar uchun chipta sotishni boshladi. Kompaniya joriy yil oxirida kosmik turistlar parvozini boshlashni rejalashtirgan.

Birinchi bosqichda orbitaga ming kishi parvoz qilishi kutilmoqda, so‘ngra ular soni oshadi.

Parvozlar Nyu-Meksikodan amalga oshiriladi, har bir parvoz davomiyligi 90 daqiqani tashkil etadi.

Chipta 150 ming dollar miqdoridagi depozit bilan birgalikda 450 ming dollarga tushadi.

iPhone 14 xotirasi rekord darajada kengaytiriladi

2022 yilning kuzida taqdim etilishi kutilayotgan iPhone 14  modellarining operativ xotirasi 8 gigabaytga kengaytiriladi. Bu haqda «MacRumors» Janubiy Koreyaning «Naver» blogiga tayanib, xabar bermoqda. Insayderning so‘zlariga ko‘ra, iPhone 14   allaqachon ommaviy ishlab chiqarish uchun tayyorlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi iPhone 13 Pro va 13 Pro Max 6 GB operativ xotiraga ega.

iPhone 14 taqdimoti sentabr yoki oktyabrda bo‘lishi kutilyapti. Turkumdan to‘rt model: iPhone 14/14 Pro va 6,7 dyuymli iPhone 14 Max/14 Pro Max o‘rin oladi.

Operativ xotirasidan tashqari, iPhone 14 ning barcha modellarida ichki xotira ham maksimumga yetkazilishi mumkin: kichiklarida — 512 GB dan 1 TB gacha, kattalarida — 2 TB gacha.

 «Aqlli» radarlar

Foto: Namangan viloyati hokimligi

Turkiyaning "ÜÇ NOKTA" kompaniyasi Namangan viloyati markazida 10 million dollarlik investitsion loyihani amalga oshirmoqda. Loyiha doirasida “aqlli radar sistemalari”ning yangi avlodi namoyish qilingan. Lazer tizimi bilan ishlovchi ushbu sistemaga qarshi har xil antiradar uskunalari ish bermasligi, tizim yo‘llar va chorrahalardagi harakatni tartibga solishi ta’kidlangan.

O‘zbekiston elektromobillar masalasida Xitoyni asosiy hamkor qilib tanlamoqchi

ZLqbfAK0C8mgWF5Bo0W0IG7XbeE9MGrA.jpg (1280×853)
Foto: Reuters / Bobby Yip

«O‘zavtosanoat» Xitoyning eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi – BYD Auto Industry bilan anglashuv memorandumi tuzdi. Shu asosda tomonlar O‘zbekistonda elektromobillar, elektrobuslar va ularning ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish bo‘yicha muzokara boshlaydi.

BYD (Build Your Dreams) Xitoydagi eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchi kompaniya hisoblanadi. 2021 yilning 9 oyi davomida faqatgina Tesla BYD’ga qaraganda ko‘proq elektromobillar ishlab chiqargan.

Avvalroq, investor Uorren Baffet qo‘llab-quvvatlovidagi ushbu kompaniya 2022 yilda 1,2 mln donagacha elektromobil sotmoqchi ekanligini ma’lum qilgandi.

Firibgar dasturlarning 74 foizi rus hakerlariniki

Foto: Getty Images

Chainalysis tahlillariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha firibgar dasturlar orqali uyushtirilgan hujumlarning to‘rtdan uch qismi (74 foiz) ortida rossiyalik hakerlar turibdi.

Umuman olganda, hakerlik guruhlari o‘tgan bir yil ichida kriptovalutada 400 million dollardan ortiq pul «ishlagan». Ushbu mablag‘larning 9,9 foizdan ortig‘i Evil Corp guruhi hissasiga to‘g‘ri kelgan.

E’tiborli jihati, tadqiqotchilar rus tilida muloqot qilgan yoki Rossiya va MDH mamlakatlaridagi kompyuterlarga zarar yetkazmaydigan kodlarni yozgan barcha hakerlarni — «rus» sifatida tasniflagan.

Ko‘proq yangiliklar: