Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV akademiyasiga o‘qishga qabul qilish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi
Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar vazirligi akademiyasining kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllariga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqidagi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Hozirgi kunda qadar akademiyada kadrlar tayyorlashning bir pog‘onali tizimi bo‘yicha magistr darajasiga tenglashtirilgan oliy ma’lumotli xodimlar tayyorlanib, kunduzgi ta’lim shakliga nomzodlar umumiy qabul kvotasi asosida o‘qishga qabul qilingan holda kursantlar 1-kursning 1-semestrini tamomlaganidan so‘ng mutaxassisliklarga bo‘linishi amalga oshirilmoqda.
Loyihada 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab akademiya bakalavriati kunduzgi va sirtqi ta’lim shakliga ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishga qabul qilish tartibini joriy etish maqsadida loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:
- akademiya bakalavriatining kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllariga o‘qishga qabul qilish ichki ishlar vazirining o‘rinbosari raisligida tashkil etiladigan qabul komissiyasi tomonidan amalga oshirilishi;
- akademiya bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga qabul qilish umumiy tartibda – o‘rta va o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar (o‘rta maktab va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bitiruvchilari) orasidan amalga oshirilishi, bunda, o‘qishga qabul qilish qabul kvotasining o‘n foizi bo‘yicha amalga oshirilishi, qabul kvotasining to‘qson foizi bo‘yicha qabul faqat Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari va harbiy akademik litseylar bitiruvchilari, ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari, shuningdek, profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari orasidan amalga oshirilishi;
- huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qo‘shgan profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilariga, shuningdek, ichki ishlar organlari xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari huzurida tashkil etilgan “To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari a’zolariga akademiyaga kvota asosida o‘qishga kirish huquqi berilishi;
- qabul komissiyasi tarkibida imtihon savollari va vazifalarini tuzish maqsadida akademiya xodimlari va tegishli sohaning malakali mutaxassislaridan iborat tarkibda ekspert guruhi tashkil etilishi;
- akademiyaning kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilishning minimal yoshi 17 yosh etib belgilanishi;
- maxsus kasbiy tanlov tadbirlaridan nomzodlarni psixofiziologik o‘rganish tadbiri chiqarilishi;
- yozma ish o‘tkazish metodikasi takomillashtirilishi;
- akademiyaga o‘qishga qabul qilish jarayonida maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga ko‘ra, kvota bo‘yicha belgilangan ro‘yxatda oxirgi o‘rinda turuvchi nomzodning to‘plagan jami balli bilan undan keyingi o‘rinda turuvchi nomzodlarning to‘plagan ballari bir xil bo‘lsa, ularning barchasi o‘qishga qabul qilinishi;
- maxsus kasbiy tanlov tadbirlari natijalariga ko‘ra, yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qo‘yilgan nomzodlar soni bir qabul o‘rniga ikkita nomzodni tashkil etmagan hollarda, yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qo‘yilish uchun yetarli ball to‘plamagan nomzodlar istisno tariqasida bir qabul o‘rniga ikkita nomzodni tashkil etguniga qadar maxsus kasbiy tanlov tadbirlaridan to‘plagan ballaridan kelib chiqib yuqori baldan pastga qarab ketma-ketlik tartibida yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qo‘yilishi;
- dastlabki tanlov natijalaridan norozi bo‘lgan nomzodlar, natijalar e’lon qilingan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida ichki ishlar organlarining tegishli buyrug‘iga asosan tuzilgan apellyatsiya komissiyasiga shikoyat bilan murojaat qilishi mumkinligi;
- tanlov o‘tkazish jarayonlarining shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida barcha imtihon jarayonlari uzluksiz ravishda videoyozuvga tushirilishi.
Loyiha qabul qilinishi bilan ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar vazirligi akademiyasining kunduzgi ta’lim shakliga nomzodlar tanlovini o‘tkazish bo‘yicha metodikalarni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotadi.
Mavzuga oid

16:22 / 10.07.2025
Alisher Qodirov ishlab chiqarilganiga 25-30 yildan oshgan mashinalarni iste’moldan chiqarishga chaqirdi

15:02 / 03.07.2025
Tenge Bankʼdan 90 ming AQSh dollarini talon-taroj qilgan shaxslar qo‘lga olindi

10:01 / 03.07.2025
Olti oyda 4 mingdan ortiq shaxs giyohvand moddalar muomalasi uchun ushlandi

11:17 / 18.06.2025