Toshkent viloyatida 3 ta mashina to‘qnashdi

O‘zbekiston 09:17 / 22.01.2022 6992
Foto: DYHXX

Qayd etilishicha, 2022 yil 21 yanvar kuni soat 20:00 larda,  Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Nurafshon-Ohangaron”  avtomobil yo‘lining 22-kilometrida yo‘l-transport hodisasi kuzatilgan.

Bunda, 1996 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli, 1997 yilda tug‘ilgan G.A. boshqaruvidagi “Vaz-2107” rusumli va 1994 yilda tug‘ilgan N.A. boshqaruvidagi “Neksiya-3” rusumli avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

Hodisa natijasida, “Vaz 2107” rusumli avtomobil haydovchisi G.A. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan O‘rta Chirchiq tumani IIB TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: