Bobur Shoyoqubov Qurolli Kuchlar akademiyasi boshlig‘i etib tayinlandi

O‘zbekiston 12:13 / 22.01.2022 29572

Bobur Shoyoqubovning tarjimayi holi haqida hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q. Internetdagi ma’lumotlarga ko‘ra, u 2013 yilda Milliy xavfsizlik kengashi apparati konsultanti lavozimida, 2015 yilda Xavfsizlik kengashi apparatining bo‘lim mudiri lavozimida bo‘lgan. 2019 yildagi axborotlarda esa Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari sifatida qayd etilgan.

Shoyoqubov 2021 yil Mustaqillik kuni arafasida “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.

Shavkat Mamajonov / Foto: Mudofaa vazirligi

Qurolli Kuchlar akademiyasin boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Shavkatbek Mamajonov Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti boshlig‘i etib tayinlandi.

Polkovnik Shavkat Mamajonov akademiya boshlig‘i lavozimiga 2021 yil mart oyida tayinlangan, u o‘shanda Hamdam Qarshiyevning o‘rniga kelgandi. Shavkat Mamajonov muqaddam Qurolli Kuchlar Bosh shtabining sobiq boshlig‘i Pavel Ergashevga o‘rinbosar lavozimida ishlagan.

13 yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: