“Manzil”: Mehnatkash mo‘ysafidlar qishlog‘i – Vaxshivor

O‘zbekiston 20:42 / 22.01.2022 18498

Soddadil insonlarning sokin va bahavo manzillarini sizga tanishtirib kelayotgan “Manzil” vlogi bu gal Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanining Vaxshivor qishlog‘iga bordi. Havosi kabi odamlarining ham ko‘ngli toza qishloq bilan siz ham tanishing: sizni shiddatli shahar hayotidan osuda qishloqqa g‘oyibona sayrga taklif qilamiz.

Vaxshivor qishlog‘i Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanining tog‘li hududida joylashgan. Qishloqni sayr qilar ekansiz, nafaqat yoshlar, balki katta yoshli otaxon-u onaxonlar ham mehnat bilan bandligini ko‘rasiz.

Bu qishloqning o‘ziga xosligi shundaki, u yerda tariqat arbobi va mutasavvuf shoir So‘fi Olloyorning qabri va u inson tomonidan qurilgan masjid ham bor. Barchasiga videoda o‘zingiz guvoh bo‘lishingiz mumkin.

Tohirjon Tursunov,
Boymirza Xalilov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun maxsus.

Ko‘proq yangiliklar: