«O‘zbekneftgaz» raisi o‘rinbosarlaridan biri o‘zgardi

O‘zbekiston 17:51 / 21.01.2022 13106

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisining qazib chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari Alisher Sayfullayevich Mustafoyev lavozimidan ozod etildi. Kompaniya matbuot xizmati xabar berishicha, uning o‘rniga Rustam Cho‘liyevich Sherov «O‘zbekneftgaz» raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Rustam Sherov 1978 yili Qashqadaryo viloyati, Muborak tumanida tug‘ilgan. U neft va gaz sohasidagi faoliyatini 2002 yilda «Muborakneftgaz» UKda geologlikdan boshlagan. «O‘zgeoburg‘uneftgazqazibchiqarish» AJda turli lavozimlarda, «O‘zneftgazqazibchiqarish» AJda boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. Shu vaqtgacha Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi direktori edi.

«Boshqaruv raisining qazib chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari uglevodorodlar qazib olishni ko‘paytirishga, yangi neft va gaz inshootlarini foydalanishga topshirishni tezlashtirishga, jarayonlarni intensivlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga va zamonaviy rivojlanish usullariga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirishga mas’uldir», deya qayd etiladi kompaniya xabarida.

Ma’lumot uchun, Alisher Mustafoyev 2019 yil iyunida «O‘zbekneftgaz» raisining qazib chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: