Navoiyda Cobalt bilan to‘qnashgan Spark yonib ketdi

O‘zbekiston 00:03 / 21.01.2022 17734

Navoiy shahrida Cobalt bilan to‘qnashgan Spark yonib ketgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 2022 yil 20 yanvar kuni soat 20:45 larda Navoiy shahri, I.Karimov ko‘chasida 1993 yilda tug‘ilgan F.M. Spark mashinasi bilan harakatlanayotib, o‘zidan oldinda ketayotgan, 1991 yilda tug‘ilgan K.I. boshqaruvidagi Cobalt mashinasining orqa tomoniga borib urgan. Zarb oqibatida Spark mashinasining dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan.

Shundan so‘ng mashina haydovchisi va uning yo‘lovchisi o‘zlarini chetga olishgan. Hodisada hech kim jabrlanmagan va halok bo‘lmagan. Yong‘in o‘tkinchilar yordamida o‘chirilgan. Ungacha esa mashinaning ancha qismi yonib zararlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: