Farg‘onada prokuror 1000 dollar olayotganida qo‘lga tushdi

O‘zbekiston 12:37 / 21.01.2022 37611

Farg‘onada noqonuniy ravishda yer ajratib berish evaziga pora so‘ragan prokuratura xodimi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 18 yanvar kuni Farg‘ona viloyati prokuraturasi DXX viloyat boshqarmasi tezkor xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan. Tadbir davomida Farg‘ona viloyati prokuraturasi bo‘lim katta prokurori A.T. mansab vakolati doirasiga kirmasa-da, fuqaro A.X.dan unga tegishli bo‘lgan go‘sht do‘koni orqa tomonida joylashgan 1,5 sotix yer maydonini go‘yoki kadastr xodimlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirishni va’da qilgani aniqlangan. Prokuratura xodimi xizmati evaziga 1000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlangan.

Shu kuni mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avvalroq Bosh prokuratura 2021 yilda O‘zbekistonda 2,8 ming nafar mansabdor shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar bergandi.

Ko‘proq yangiliklar: