Davlat notarial idoralarini moliyalashtirish tartibiga o‘zgartirishlar kiritiladi

O‘zbekiston 07:49 / 21.01.2022 2340

“Davlat notarial idoralari va notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi e’lon qilindi.

Notarial idora xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustamalar o‘rnatishga O‘zbekiston adliya vazirining buyrug‘iga asosan pulli xizmatlar va notariuslar tomonidan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlarni amalga oshirishdan kelib tushadigan mablag‘larning 80 foizigacha miqdordagi qismi ajratiladi.

Ajratilgan mablag‘larni notarius va unga biriktirilgan xodimlar o‘rtasida taqsimlash notariusning taklifiga asosan amalga oshiriladi.

Notarius taklif kiritishda xodimning mehnat va ijro intizomiga rioya qilishi hamda uning mehnat samaradorligini inobatga olishi lozim.

Ushbu mezonlarga asoslangan taklif notarius tomonidan tasdiqlanib, tegishli hududiy adliya organiga taqdim etiladi.

Hududiy adliya organi rahbari yoki uning o‘rinbosari tomonidan taklif ko‘rib chiqiladi hamda moliya-iqtisod bo‘limiga tegishli ko‘rsatma beriladi.

Notarial arxiv xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustamalar ular lavozim maoshlarining 200 foizi miqdorida belgilanadi.

Ko‘proq yangiliklar: