Bog‘otda tadbirkordan 45 ming dollar undirmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

O‘zbekiston 14:06 / 21.01.2022 2035

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumanida 10 milliard so‘m kredit ajratilishi uchun yordam berish evaziga 45 ming dollar talab qilgan firibgarlar ushlangan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgarlik holati fosh etildi.

Jumladan, S.I. va R.D. oldindan til biriktirib, «B.Q.» MChJ rahbarining yuk avtotransport vositalarini xarid qilish uchun 10 mlrd so‘m kredit mablag‘ini bank muassasasida ishlovchi tanishi orqali ajratilishida yordam berish evaziga 45 ming dollar talab qilib, shundan 15 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: