Sud-tibbiyot ekspertizalarini o‘tkazish tartibi o‘zgaradi

O‘zbekiston 07:53 / 20.01.2022 3168

Sog‘liqni saqlash vazirining “Sog‘liqni saqlash vazirligining sud-tibbiy ekspertiza muassasalarida sud-tibbiyot ekspertizalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i loyihasi e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, sud-tibbiy ekspertiza muassasasida ekspertizalar iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish yuritishda shartnoma asosida advokat so‘roviga ko‘ra, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi qarori, sud ajrimi (sudya qarori) asosida o‘tkaziladi.

Sud-tibbiy ekspertiza muassasasining xizmat ko‘rsatish mintaqasidan tashqarida joylashgan organlar (shaxslar) tomonidan tayinlangan sud-tibbiyot ekspertizasi, istisno tariqasida shu hududdagi tibbiyot birlashmasi tomonidan o‘tkaziladi.

Prezidentning “O‘zbekistonda sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga ko‘ra shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq, sud ekspertizasi turlari bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish huquqi berilishi va tadqiqot natijalariga ko‘ra mutaxassis fikri taqdim etilishi belgilangan.

Shuningdek iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish yuritishda advokatga sudga qadar tayyorgarlik va sud jarayonida ekspert xulosasini sud muhokamasida taqdim etish huquqi asosida davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida shartnoma asosida advokat so‘roviga ko‘ra ekspertiza o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishga ruxsat berilishi ko‘rsatilgan.

Prezidentning “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida sud-tibbiy ekspertiza muassasasining xizmat ko‘rsatish mintaqasidan tashqarida joylashgan organlar (shaxslar) tomonidan tayinlangan sud-tibbiyot ekspertizasi, istisno tariqasida shu hududdagi tibbiyot birlashmasi tomonidan o‘tkazilishini belgilash nazarda tutilgan, deyiladi hujjat loyihasida.

Ko‘proq yangiliklar: