Samarqand tumani tugatiladi

O‘zbekiston 07:48 / 20.01.2022 33978

Oliy Majlis Senatining “Samarqand viloyatining Oqdaryo, Past Darg‘om, Samarqand, Toyloq tumanlari va Samarqand shahri mavjud ma’muriy-hududiy chegaralarini o‘zgartirish, Samarqand shahri tarkibida Qorasuv, So‘g‘diyona, Siyob, Bog‘ishamol, Maroqand tumanlarini tashkil qilish hamda Samarqand tumanini tugatish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib:

  • Samarqand viloyatining Oqdaryo, Past Darg‘om, Samarqand, Toyloq tumanlari va Samarqand shahri ma’muriy-hududiy chegaralari o‘zgartiriladi:
  • Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidan 1 654 gektar, Samarqand tumanidan 12 975 gektar,  Past Darg‘om tumanidan 1 245 gektar, Toyloq tumanidan 1 269 gektar yer maydonlari Samarqand shahri tarkibiga;
  • Samarqand shahridan 528 gektar, Samarqand tumanidan 1370 gektar yer maydonlari Past Darg‘om tumani tarkibiga;
  • Samarqand tumanidan 29 283 gektar yer maydoni Toyloq tumani tarkibiga o‘tkaziladi.

Samarqand tumani alohida ma’muriy-hududiy birlik sifatida tugatiladi.

Umumiy yer maydoni 28 415 gektar bo‘lgan Samarqand shahri tarkibida umumiy yer maydoni 8 250 gektar bo‘lgan Qorasuv tumani, umumiy yer maydoni 3 741 gektar bo‘lgan So‘g‘diyona tumani, umumiy yer maydoni 4 846 gektar bo‘lgan Siyob tumani, umumiy yer maydoni 3 246 gektar bo‘lgan Bog‘ishamol tumani, umumiy yer maydoni 8 333 gektar bo‘lgan Maroqand tumani tashkil etiladi.

Samarqand viloyati Samarqand shahar chegarasining tavsifi va chizmasi, Samarqand shahri tarkibida tashkil etilgan Qorasuv, So‘g‘diyona, Siyob, Bog‘ishamol va Maroqand tumanlari chegarasining tavsifi va chizmasi, Samarqand viloyatining Oqdaryo, Samarqand, Past Darg‘om, Toyloq tumanlari hududidan Samarqand shahar hududiga o‘tkazilayotgan yer maydoni chegaralarining tavsifi va chizmasi, Samarqand shahri va Samarqand tumanidan Past Darg‘om tumani tarkibiga o‘tkaziladigan yerlar chegarasining tavsifi va chizmasi, Samarqand tumanidan Toyloq tumani tarkibiga o‘tkaziladigan yerlar chegarasining tavsifi va chizmasi tasdiqlanadi.

Yangi tashkil etilgan Maroqand tumani tarkibidagi Gulobod massivi Samarqand viloyatining ma’muriy markazi etib belgilanadi.

Belgilab qo‘yilishicha, chegarasi o‘zgarayotgan Toyloq, Past Darg‘om, Oqdaryo tumanlari va tugatilayotgan Samarqand tumani saylov okruglaridan saylangan xalq deputatlari Samarqand shahar kengashi deputatlari hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: