Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada o‘zbekistonlik talabalar orasida eng ommabop mutaxassisliklar ma’lum qilindi
Rossiyada oliy ma’lumot olayotgan chet ellik talabalarning umumiy soni so‘nggi uch yilda 26 mingdan ortiq kishiga ko‘paydi. 2019 yilda Rossiyada 298 ming, 2020 yilda 315 ming, 2021 yilda 324 ming chet ellik talaba tahsil oldi.

Foto: Sputnik
Oliy ta’lim olish uchun Rossiyaga asosan Qozog‘iston (61 ming talaba), O‘zbekiston (48,7 ming talaba), Xitoy (32,6 ming talaba), Turkmaniston (30,6 ming talaba), Tojikiston (23,1 ming talaba), Hindiston (16,7 ming talaba), Misr (12,4 ming talaba), Belarus (10,2 ming talaba), Ukraina (9,1 ming talaba) va Qirg‘iziston (8,6 ming talaba) kabi davlatlardan talabalar keladi.
Chet ellik talabalar orasida eng ommabop yo‘nalish - bu tibbiyot. Yuqoridagi barcha mamlakatlardan kelgan abituriyentlar tibbiyot fakultetlariga kirishga harakat qiladi. Tibbiyot mutaxassisliklaridan tashqari iqtisod va menejment kabi yo‘nalishlar qozoq va o‘zbek talabalari orasida talabga ega.
Qozon federal universitetining o‘quv faoliyati bo‘yicha prorektori Timurxon Alishevning ta’kidlashicha, 2021/2022 o‘quv yilida Qozon federal universitetida barcha dasturlar va shakllar bo‘yicha dunyoning 101 davlatidan 10,8 ming nafar chet el fuqarolari tahsil olmoqda. Bu o‘tgan yilga nisbatan (10 mingdan ortiq) deyarli 900 kishiga ko‘p.
«Asosan O‘zbekiston, Xitoy, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog‘iston, Eron, Turkiya va Misr fuqarolari oliy ta’lim olish uchun QFUni tanlaydi. Xorijlik talabalar orasida iqtisod, umumiy tibbiyot, tilshunoslik, menejment, stomatologiya, dasturiy injiniring, neft-gaz ishi kabi mutaxassisliklar eng ommabop», — dedi Timurxon Alishev.
G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti prorektori Aleksey Nikulinning qayd etishicha, universitetda asosiy ta’lim dasturlari bo‘yicha 1561 nafar xorijlik talaba tahsil olmoqda.
N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetining xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Mixail Kuznetsovga ko‘ra, hozirda universitetda 1443 nafar xorijlik talaba tahsil olmoqda, ulardan 495 nafari Xitoydan, 153 nafari Vetnamdan, 129 nafari O‘zbekistondan, 118 nafari Qozog‘istondan, 59 nafari Belarusdandir. Moskva davlat texnika universitetida jami 87 davlat fuqarolari tahsil oladi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

23:14 / 16.07.2025
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?

22:11 / 16.07.2025
Yevropa bo‘ylab hujumlarda ishtirok etgan rossiyalik hakerlar guruhi qo‘lga olindi

16:31 / 16.07.2025
«Harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq» - Surxondaryoda O‘zbekiston va Rossiya harbiylari mashg‘ulot boshladi

12:04 / 16.07.2025