Qashqadaryodagi YPX maskanidan o‘tayotgan Cobalt’dan  1 kg.dan ortiq giyohvandlik moddasi topildi

O‘zbekiston 20:02 / 20.01.2022 5665

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida joylashgan "Umakay" YPX maskanidan o‘tayotgan “Cobalt” mashinasidan 1 kilogrammdan ortiq giyohvandlik moddasi topilgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 19 yanvar kuni soat 01:20 larda, sohaviy xizmatlar xodimlari hamkorligidagi reyd davomida YPX xodimi tomonidan Chiroqchi tumani hududida joylashgan "Umakay" YPX maskanidan o‘tayotgan “Cobalt” mashinasi to‘xtatilib tekshirilgan.

Tekshiruv jarayonida haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan K.T. o‘zining xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubha uyg‘otgan. Xolis guvohlar ishtirokidagi tekshiruvlar mobaynida mashinaning kapoti ostidan 3 dona sellofanga solingan, jigar rangli, o‘tkir hidli, umumiy vazni 1 kilogrammdan ortiq bo‘lgan giyohvandlik moddalari topilgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, avtomobilda bo‘lgan fuqarolar va aniqlangan moddalar Qashqadaryo viloyati IIBga topshirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: