O‘zbekistondan Qozog‘istonga barcha parvozlar tiklandi

O‘zbekiston 07:34 / 20.01.2022 3664

Qayd etilishicha, joriy yilning 19 yanvaridan boshlab Toshkent-Olmaota-Toshkent, Samarqand-Olmaota-Samarqand, Nukus-Akto‘be-Nukus, Urganch-Aqtau-Urganch, Nukus-Aqtau-Nukus, Toshkent-Nur-Sulton-Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, Olmaota va Aqto‘be, Aqtau shaharlarida bekor qilingan (2022 yil 7-13 yanvar kunlari) qatnovlar yo‘lovchilari aviachiptaning to‘liq qiymatini xarid qilingan joyda qaytarib olish yoki istalgan boshqa bo‘sh sanaga bepul qayta bron qilish huquqiga ega.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istondagi namoyishlar tufayli dastlab 5 yanvar kunidan Aqtauga muntazam parvozlar bekor qilindi. Keyinroq Olmaota va Aqto‘bega rejalashtirilgan parvozlar ham amalga oshirilmadi.

Ko‘proq yangiliklar: