O‘zbekistonda 1 kvadrat kilometr yer maydoniga qancha aholi soni to‘g‘ri kelishi aytildi

O‘zbekiston 09:33 / 20.01.2022 9504

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda 1 kvadrat kilometr yer maydoniga 78,6 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri kelgan.

Qayd etilishicha, 1991 yilda O‘zbekistonda 1 kvadrat kilometr yer maydoniga 46,1 kishi to‘g‘ri kelgan.

Avvalroq, doimiy aholi soni eng ko‘p hududlar ma’lum qilingandi.

2022 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, respublika hududlarining doimiy aholisi soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda – 4 031 299 kishi.

Shuningdek, keyingi o‘rinlardan 3 896 393 kishi istiqomat qiluvchi Farg‘ona viloyati va 3 408 313 kishi yashovchi Qashqadaryo viloyati joy olgan.

Ko‘proq yangiliklar: