KoronaPay – UZCARD va HUMO kartalariga Yevropadan komissiya to‘lovisiz pul o‘tkazish imkoniyati

O‘zbekiston 09:06 / 20.01.2022 5491

KoronaPay- pul o‘tkazmalari  xizmatini  Yevropada  yashayotgan  va  ishlayotgan o‘zbekistonliklar yaxshi bilishadi. Endilikda ular uchun O‘zbekistonga pul mablag‘larini komissiyasiz jo‘natish, to‘g‘ridan to‘g‘ri UZCARD va HUMO milliy to‘lov tizimlari kartalariga qabul qilish imkoniyati yaratildi.

Yevropa davlatlarida faoliyat yuritayotgan o‘n minglab vatandoshlarimiz birgina 2020-yilning o‘zida O‘zbekistondagi yaqinlariga 105 mln dollardan ortiq pul yuborishgan. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizga eng ko‘p pul o‘tkazmalari Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Germaniya va Chexiya davlatlaridan o‘tkazilgan.

KoronaPay shunday vatandoshlar uchun qulay va foydali xizmatni yo‘lga qo‘ydi. Mazkur xizmat orqali Yevropada turib pulni to‘g‘ridan to‘g‘ri UZCARD hamda HUMO kartalariga o‘tkazish mumkin va bu jarayonda komissiya to‘lovlari olinmaydi.

Bunday imkoniyatdan foydalanish uchun Yevropa SIM-kartasiga ega smartfonga KoronaPay mobil ilovasini o‘rnatish va pulni oluvchining O‘zbekistondagi bank kartasi ma’lumotlarini bilish kifoya. Yana bir qulay tomoni – ilovada o‘zbek tili mavjud.

 O‘tkazma uchun to‘lovni istalgan Yevropa banki tomonidan chiqarilgan Visa, Mastercard, Maestro kartalari orqali amalga oshirishingiz mumkin. Mablag‘ darhol qabul qiluvchining UZCARD yoki HUMO kartasiga so‘mda o‘tkaziladi. KoronaPay xizmatidan foydalanganda komissiya to‘lovi yo‘qligi tufayli bu shunchaki bir valutani boshqa valutaga qulay kurs bo‘yicha almashtirishdir.

“O‘tgan yili biz hamkor banklar orqali O‘zbekistonga Yevropa Ittifoqining barcha davlatlaridan, shuningdek, Buyuk Britaniya, Islandiya, Norvegiya va Lixtenshteyndan yuborilgan pul o‘tkazmalarini naqd pul shaklida olishni yo‘lga qo‘ydik, – deydi KoronaPay bosh direktori Gleb Kozlov – Bu xizmatga qiziqish kundan kunga ortib bormoqda. Yil davomida Yevropada istiqomat qiluvchi, bizning xizmatimizdan foydalanuvchi o‘zbekistonliklar soni 3 barobarga, yuborilgan mablag‘lar hajmi esa qariyb 3,5 barobarga oshdi. O‘zbekiston milliy to‘lov kartalariga komissiyasiz to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tkazmalarga talab katta va foydalanuvchilarimiz uchun bu qulay imkoniyat bo‘ladi, deb umid qilamiz”.

KoronaPay nima o‘zi?

KoronaPay moliya dasturi Yevropadan O‘zbekiston, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston va boshqa o‘nlab mamlakatlarga xalqaro onlayn pul o‘tkazmalarini tezkor o‘tkazish xizmatidir. KoronaPay xizmati foydalanuvchilari naqd pulda yoki bank kartalariga komissiyasiz, juda qulay tariflarda pul o‘tkazmalarini yuborishlari mumkin. Xizmat Yevropa bozorida 2020-yildan beri mavjud bo‘lib: 2021-yilda foydalanuvchilar soni har haftada 10 000 nafarga oshib bormoqda. Natijada yillik o‘tkazmalar hajmi 7,5 barobarga ko‘paydi. 

KoronaPay mijozlarining 70 foizi muntazam ravishda ushbu ilova orqali pul jo‘natadi. KoronaPay MDHdagi eng yirik pul o‘tkazish tizimi bo‘lgan “Zolotaya Korona”ning yevropacha ko‘rinishidir. Xizmat dunyoning 50 ta davlatida bank hisobvarag‘ini ochmasdan turib pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi. Shu bilan birga KoronaPay Yevropa va Osiyodagi pul o‘tkazmalari kompaniyalari orasida eng ko‘p hamkorlarga ega bo‘lib, tarmoqda 450 dan ortiq moliyaviy hamkorlar, 50 mingdan ortiq xizmat ko‘rsatish punktlari mavjud. 2021 yilda KoronaPay pul o‘tkazmalari uchun ilovasi 10,5 milliondan ortiq mijozlar tomonidan yuklab olingani ham bu ilova qanchalik ommalashayotganining isbotidir.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: