Jumanov o‘rniga Daniyarov: Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari o‘zgardi

O‘zbekiston 09:25 / 20.01.2022 3733

Daniyarov Abatbay Saparbayevich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Vazirlar Kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Abatbay Daniyarov tayinlovga qadar Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Ma’lumot uchun, Abatbay Daniyarov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining eng yosh a’zolaridan biri hisoblanadi. «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan.

Muratbay Jumanov

Daniyarovgacha Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyevning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida Muratbay Jumanov ishlab kelayotgandi. Uning kelgusi faoliyati haqida hozircha qo‘shimcha ma’lumot berilmadi.

Ko‘proq yangiliklar: