Hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi

O‘zbekiston 07:36 / 20.01.2022 1760

Qayd etilishicha, korrupsiyaviy omillar uslubiyot asosida aniqlanadi, bunda korrupsiyaga qarshi ekspertiza o‘tkazilayotganda normativ-huquqiy hujjat yoki loyihaning har bir normasi yoxud qoidasining tahlili amalga oshiriladi.

Loyihalarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki davlat organlari
va tashkilotlarning buyurtmalari asosida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.

Loyiha ishlab chiquvchi tomonidan cheklist to‘ldirilmagan holda adliya organlariga kiritilgan taqdirda, ushbu loyiha huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmasdan ishlab chiquvchiga qaytariladi.

Davlat organlari va tashkilotlar tomonidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi har yili Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish rejasiga asosan hamda prezidentning “Huquqiy monitoringning zamonaviy mexanizmlari asosida qonun hujjatlari ijrosining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining huquqiy monitoringi doirasida o‘tkaziladi.

Davlat organlari va tashkilotlar o‘zlarining tashabbuslari asosida ham amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishlari mumkin.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish rejasida belgilangan muddatlarda davlat organlari va tashkilotlar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazadi hamda natijalari bo‘yicha to‘ldirilgan cheklist va aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni Adliya vazirligiga kiritadi.

Adliya vazirligi davlat organlari va tashkilotlar tomonidan korrupsiyaga qarshi ekspertiza natijalari bo‘yicha aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni umumlashtiradi hamda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki davlat organlari va tashkilotlarning buyurtmalari asosida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.

Mustaqil va ilmiy ekspertlar o‘z tashabbusiga ko‘ra, shuningdek davlat organlari va tashkilotlarning buyurtmalariga asosan normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazadi.

Ko‘proq yangiliklar: