2021 yilda xorijda vafot etgan 518 nafar o‘zbekistonlik migrant jasadi olib kelindi

O‘zbekiston 09:36 / 20.01.2022 9238

Migratsiya agentligi tomonidan xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 8 ming 811 nafar mehnat migrantiga huquqiy yordam, 295 ming 102 nafariga maslahat xizmatlari, 6 ming 283 nafariga ijtimoiy yordam, 13 ming 424 nafariga moddiy yordam ko‘rsatildi.

Qayd etilishicha, 7 ming 534 nafar mehnat migrantiga bir martalik moddiy yordam ajratilgan. 358 nafar mehnat migranti vaqtincha xostelga joylashtirilgan.

Bundan tashqari, 2021 yilning 12 oyi davomida xorijda vafot etgan 518 nafar fuqaro jasadi olib kelingan. 321 nafar xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolar qaytarilgan.

Agentlik xabariga ko‘ra, og‘ir tan jarohati olgan 17 nafar mehnat migrantining tibbiy xizmat xarajatlari qoplab berilgan.

Mehnat migrantlarining ish beruvchilar tomonidan to‘lanmay turgan qariyb 984,1 ming AQSh dollari miqdoridagi ish haqi va pullik kompensatsiyalari undirib berilgan.

Ko‘proq yangiliklar: