Toshkent shahridagi Yodju texnika institutining ta’lim sifati darajasi xalqaro darajada e’tirof etildi

Jamiyat 20:00 / 19.01.2022 10722

O‘zbekistonning nodavlat oliy o‘quv yurtlari orasida Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti birinchilardan bo‘lib KAZSEE va IQAA agentliklarining ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi sertifikatlariga ega bo‘ldi.

KAZSEE Akkreditatsion kengashining xulosasiga muvofiq, Toshkent shahridagi Yodju texnika institutining Muhandislik maktabi tarkibiga kiruvchi «Arxitektura va shaharsozlik», «Muqobil energiya», «Qurilish», «Axborot tizimlar muhandisligi», «Lift muhandisligi» yo‘nalishlari akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

Zamonaviy (elita) ta’lim assotsiatsiyasi KAZSEE agentligi muhandislik dasturi bo‘yicha ENQA (The European Association for Quality Assurance in Higher Education) va FEANI (European Federation of National Engineering Associations) tarmoqlarining rasmiy a’zosi hisoblanadi.

Toshkent shahridagi Yodju texnika institutining muhandislik yo‘nalishlari KAZSEE agentligining Prezidenti tavsiyasi hamda institutga auditorlik tekshiruvi bilan tashrif buyurgan ekspertlar guruhi xulosasi asosida xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

Toshkent shahridagi Yodju texnika institutining Biznes va Ta’lim maktablari tarkibiga kiruvchi «Biznesni boshqarish», «Turizm», «Maktabgacha ta’lim» «Boshlang‘ich ta’lim» yo‘nalishlari IQAA (Independent Agency for Quality Assurance in Education) mustaqil akkreditatsiya agentligi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

IQAA agentligi Oliy ta’lim sifatini ta’minlash agentliklarining xalqaro tarmog‘i (INQAAHE), Oliy ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha Yevropa assotsiatsiyasi (ENQA), Ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha Osiyo-Tinch okeani tarmog‘i (APQN) kabi xalqaro tarmoqlarning a’zosi hisoblanadi. Shuningdek, Markaziy va Sharqiy Yevropa oliy ta’lim sohasida sifatni ta’minlash agentliklari tarmog‘i (CEENQA), Xalqaro sifat guruhi CHEA (CIQG) tadbirlarda faol ishtirok etadi.

Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti tomonidan xalqaro akkreditatsiyani qo‘lga kiritilishi institut jamoasi uchun xalqaro ta’lim maydonida ko‘pgina imkoniyatlarni kengaytiradi. Xususan, ta’lim dasturlarini dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinishi, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish va rivojlantirish, ta’lim jarayonlarining oshkoraligi va ochiqligini ta’minlash, bitiruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish.

Telefon : +998 78 129 40 40

Sayt : www.ytit.uz

Telegram : t.me/yodju

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: