«Tergov natijalari ko‘rsatadi» - Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Nazarboyevning tartibsizliklarga aloqadorligi haqida

Jahon 15:12 / 19.01.2022 16463

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Muxtar Tileuberdi sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning mamlakatdagi tartibsizliklarga aloqadorligi ehtimoli haqida gapirdi. Bu haqda Euractiv nashri yozmoqda.

Nazarboyev va uning oilasi a’zolarining tartibsizliklarga aloqadorligi haqidagi savolga javob berarkan, Tileuberdi «bunday deb o‘ylamasligini, ammo hammasini tergov natijalari ko‘rsatib berishi»ni aytdi.

Tileuberdi sobiq prezidentning qayerda ekanligi to‘g‘risidagi savolga uning qayerdaligini bilmasligini aytdi, so‘ngra Nazarboyevning 18 yanvardagi murojaatiga muvofiq sobiq prezident poytaxtdaligini qo‘shimcha qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda sodir bo‘lgan tartibsizliklar oqibatida 225 kishi halok bo‘lgan, 4,5 ming kishi jarohatlangan.

18 yanvar kuni Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev namoyishlardan keyin ilk marta ommaga ko‘rinish berdi. U videomurojaat qilib, poytaxtdan hech qayerga ketmaganini aytdi.

Ko‘proq yangiliklar: