Taxtaqoracha dovonida mashinalar harakati vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekiston 08:19 / 19.01.2022 5421

Qayd etilishicha, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtaqoracha dovonida ko‘p miqdorda qor yog‘gan.

Ma’lumotda aytilishicha, shu sababli turli ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatildi.

Yo‘llarni qordan tozalash, muzlamalarni bartaraf qilish maqsadida qum-tuz aralashmasini sepish ishlari amalga oshirilmoqda.

Avvalroq, «O‘zgidromet» Qamchiq dovonida kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishidan ogohlantirgandi.

19 yanvar kuni A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni hududida qor ko‘rinishida yog‘ingarchilik, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi, tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi kutilmoqda.

Shuningdek, shamol tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, yo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: