Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi 

O‘zbekiston 09:22 / 19.01.2022 5104

Taxtaqoracha dovonida tinimsiz qor yog‘ishi oqibatida yo‘lning yuza qismida muzlamalar hosil bo‘lganligi bois dovon avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan edi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan yo‘lga qum-tuz aralashmasini sepish va qordan tozalash ishlarini muvofiqlashtirib bordi. 

Amalga oshirilgan zaruriy tadbirlar natijasida bugun, 19 yanvar kuni soat 09:00 da Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi.

Ko‘proq yangiliklar: