Qashqadaryoda jazo tayinlangan sudlanuvchilarning 28 foizi ozodlikdan mahrum etilgani ma’lum qilindi

Jamiyat 15:35 / 19.01.2022 783

Qashqadaryo viloyatida jazo tayinlangan sudlanuvchilarning 28 foizi ozodlikdan mahrum etilgan. Bu haqda viloyat sudi raisining o‘rinbosari O‘.Mamadaliyev xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil davomida Qashqadaryo viloyatidagi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarida 3 780 nafar shaxsga nisbatan 2 798 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Ulardan 593 ta jinoyat ishi harakatdan tugatilib, 695 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan.

2 861 nafar shaxsga nisbatan 2 072 ta jinoyat ishi bo‘yicha jazo tayinlanib, ayblov hukmi chiqarilgan. Shundan 806 nafar sudlanuvchiga yoki ularning 28 foiziga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

60 nafar shaxs shartli hukm qilingan, 2 055 nafar sudlanuvchiga yoki ularning 72 foiziga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolari tayinlangan.

Qayd etilishicha, sudlanganlarning 632 nafarini muqaddam sudlangan shaxslar tashkil qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: