Qayd etilishicha, 2022 yilning 17 yanvaridan boshlab, O‘zbekiston va Tojikistondan Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘nab ketayotgan yo‘lovchilar qator majburiyatlarga egadir.
Ular: namunalar olingan vaqtdan boshlab 48 soatdan kechiktirmasdan berilgan, COVID-19’ga qarshi topshirilgan testning manfiy natijasi to‘g‘risidagi amaldagi sertifikatini taqdim etish; Dubay/Sharja aeroportiga yetib kelgandan so‘ng, aeroportda PZR testidan o‘tish;
Yo‘lovchi test natijasini olmaguniga qadar o‘zini izolyatsiya qilishi talab qilinadi.
Mazkur qoidalar 2022 yilning 17 yanvaridan boshlab kuchga kiradi.