Yangibozor tumani hokimi o‘rinbosari avtomobili «avariya»ga uchradi

O‘zbekiston 12:08 / 17.01.2022 16314

Xorazm viloyati, Yangibozor tumani hokimi o‘rinbosari avtomobili og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bir inson hayotdan ko‘z yumdi.

11 yanvar kuni ertalab Urganch shahrida mudhish yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Urganch shahrida yashovchi 27 yoshli fuqaro «Neksiya» rusumli avtomobilida harakatlanib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketgan va Yangibozor tumani hokimi o‘rinbosarining 55 yoshli haydovchisi boshqarib kelayotgan «Neksiya» rusumli xizmat avtomobili bilan to‘qnashgan. Xizmat avtomobilida hokim o‘rinbosari bo‘lmagan. 

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida yosh haydovchi og‘ir tan jarohati olib, hayotdan ko‘z yumgan.

Holat yuzasidan Urganch shahar IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: