«O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi

O‘zbekiston 11:51 / 17.01.2022 36996

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, shimolda yomg‘ir qorga aylanadi. Havo harorati kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, ba’zi joylarda havo ochiq bo‘lganda 12 daraja iliqqacha, shimolda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha 19 yanvar kuni ertalab yomg‘ir jadalligi pasaya boshlaydi, lekin kunduz kuni sovuq front o‘tishida ayrim hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi kuzatiladi. Respublika bo‘yicha havo harorati kechasi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliqqacha, kunduzi 5-8 daraja iliqqacha pasayadi.

Payshanba kuni O‘zbekistonda havo harorati kechasi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq, kunduzi 7-10 daraja iliq bo‘lgan quruq va biroz bulutli ob-havo kutilmoqda.

Juma kuni O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizidan biroz nam va nisbatan sovuq havo massasi kirib keladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, shimolda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 18-19 yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. 18-19 yanvarda respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi. 18-19 yanvarda qor ko‘chishi xavfi bor.

Ko‘proq yangiliklar: