«Migrantlardan soliq undirishga mutlaqo qarshiman» - Sherzod Qudbiyev

O‘zbekiston 14:50 / 17.01.2022 8421

Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev migrantlarga soliq solish adolatdan emasligi haqida aytib o‘tdi.

«Mehnat vaziri bo‘lib ham ishlaganman. Shuning uchun migrantlarning qanchalik qiynalib pul topayotgani va iqtisodiyotimizga qancha foyda keltirayotganini juda yaxshi bilaman. Shu sabab ularga soliq solishga mutlaqo qarshiman.

Bundan tashqari, Soliq qonunchiligida ham ular, o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin va 1 BHMda pul to‘lab, 1 yillik ish stajiga ega bo‘lishi mumkin. Bu qaysidir ma’noda migrantlar uchun imtiyoz hisoblanadi. Kamroq pul to‘lab, pensiyaga chiqqanda ko‘proq pul olishi mumkin. Shu sabab ularni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak, sababi iqtisodiyotimizga chetdan mablag‘ kiritishyapti», — dedi u.

Avvalroq, «Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov xorijda ishlayotgan o‘zbekistonlik migrantlar vataniga yuborgan mablag‘larni soliqqa tortish kerak, degan taklifni ilgari surgandi. Ammo bu taklif jamoatchilik tomonidan keskin tanqidlarga uchradi.

Ko‘proq yangiliklar: