Andijon viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

O‘zbekiston 12:01 / 17.01.2022 38626

17 yanvar kuni Andijon viloyati hokimligida mutasaddi tashkilotlar hamda huquq-tartibot idoralari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matulla Yo‘ldoshev buyrug‘iga asosan Andijon viloyati prokurori lavozimiga tayinlangan Sirojiddin Qarshiboyevich Eshquvvatov jamoatchilikka tanishtirildi.

Sirojiddin Eshquvvatov 2021 yil mart oyidan buyon Namangan viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning dekabr oyi boshida Andijon viloyati prokurori vazifasida ishlagan G‘ayrat Fozilov faoliyatida yo‘l qo‘ygan xato-kamchiliklari uchun egallab turgan lavozimidan ozod etilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: