​​​​​Toliblar Xitoyni harakatning dunyoda tan olinishiga yordam berishga chaqirdi

Jahon 12:54 / 16.01.2022 17042

O‘z navbatida, Xitoy elchisi xalqaro hamjamiyat afg‘onlarga "hukumatni o‘z tanloviga ko‘ra shakllantirishiga" imkon berishi kerakligini aytdi.

Afg‘oniston ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sirojiddin Haqqoniy Xitoyning Kobuldagi elchisi Van Yu bilan uchrashuvi chog‘ida XXRni toliblar hukumatining dunyoda tan olinishiga ko‘maklashishga chaqirdi.

"Ichki ishlar vaziri Xitoy Afg‘oniston hukumatiga tizim tan olinishida yordam berishi kerakligini aytdi", - deyiladi Afg‘oniston IIV xabarida.

Haqqoniy shuningdek, Afg‘oniston "mamlakat hududidan boshqalarga qarshi foydalanilmasligi to‘g‘risida dunyoga va qo‘shnilarga bergan va’dasini bajarishi"ni aytdi.

O‘z navbatida, Van Yu Xitoy Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etayotganini qayd etdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro hamjamiyat afg‘onlarga "hukumatni o‘z tanloviga ko‘ra shakllantirishiga" imkon berishi, AQSh esa Afg‘onistondagi gumanitar inqiroz uchun javobgarlikni zimmasiga olishi lozim.

Ko‘proq yangiliklar: