Toshkent viloyatida yangi qurilgan IES quvvat uzatishni boshladi

O‘zbekiston 07:34 / 15.01.2022 4628

Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan Toshkent viloyatining Qibray tumanida qurilgan, quvvati 240 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasining ochiq taqsimlash qurilmasiga ilk kuchlanish berilgan edi.

Mazkur elektr stansiya kecha, 2022 yil 14 yanvar kuni soat 11:15 da O‘zbekistonning yagona elektr tarmog‘iga quvvat uzatishni boshladi. Ushbu issiqlik elektr stansiyasi yiliga 2,0 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Qurilmalarning foydali ish koeffitsiyenti yuqoriligi hisobiga yiliga 290 million metr kub tabiiy gaz tejaladi. Tejalgan tabiiy gaz hisobiga qo‘shimcha 1 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratiladi.

Umumiy qiymati 150 million AQSh dollariga teng bo‘lgan mazkur loyiha Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar hisobiga amalga oshirildi. Mazkur elektr stansiya “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan respublikada ishga tushirilgan ikkinchi IES hisoblanib, birinchisi joriy yilning 11 yanvar kuni Buxoro viloyatida (quvvati 270 MVt) ishga tushirilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: