Samarqandda ikki yigit tanish ayolni o‘ldirib, yoqib yuborishdi

Jamiyat 22:32 / 11.01.2022 4758

Ma’lum bo‘lishicha, 2022 yil 7 yanvar kuni soat 00:00 larda 2002 yilda tug‘ilgan  M.N. va 2001 yilda tug‘ilgan M.T. tanishi 1997 yilda tug‘ilgan M.Q. va 1994 yilda tug‘ilgan D.Y.ni Pastdarg‘om tumani, Istiqbol mahallasi hududida faoliyat ko‘rsatmasdan kelayotgan tashlandiq maktabgacha ta’lim muassasasi binosiga olib kelgan.

U yerda ikki yigit va ikki qiz mast holatda kelishmovchilik sababli o‘zaro janjallashib qolishgan. Shundan so‘ng, yigitlar oshxona pichog‘i bilan D.Y.ning turli sohalariga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirib, murdani yoqib yuborishgan.

2022 yil 7 yanvar kuni Past Darg‘om tuman prokuraturasi tomonidan M.N. va M.T.ga Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “p” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ular jinoyat protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Ko‘proq yangiliklar: