“O‘zcharmsanoat-yuksalish yo‘lida”: soha taraqqiyoti haqidagi film

Jamiyat 20:00 / 10.01.2022 5996

Barqaror iqtisodiy o‘sishning eng muhim garovi – xomashyoni chuqur qayta ishlagan holda yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, yangi bozorlarni yanada kengroq o‘zlashtirish va eksportni ko‘paytirish, tranzit salohiyatidan to‘liq foydalanish hisoblanadi.

Xo‘sh, O‘zbekistonning charm-poyabzal sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalari mazkur natijaga qanday erishmoqda degan savol tug‘iladi. Javob esa oddiy. Bu eng avvalo sohani rivojlantirishga qaratilgan prezidentning bir qator qaror va farmonlari, shu bilan birga sohaning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi natijasida yildan yilga xomashyoni chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarining ortishi, ularning modernizatsiya qilinishi, ishlab chiqarishga zamonaviy xorij texnologiyalarining jalb etilishi va faol investitsion siyosat olib borilishini aytish mumkin.

Aynan yuqorida sanab o‘tilgan omillar natijasida sohaning rivojlanish dinamikasida 2018 yildan boshlab har bir yo‘nalishda, ya’ni xomashyoni chuqur qayta ishlash, yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport ko‘rsatkichlarida rivojlanish tendensiyasini yaqqol ko‘rish mumkin.

Davlatimiz rahbari tashabbusi asosida “O‘zcharmsanoat” uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekistonni tayyor charm-poyabzal, charm-attorlik, mo‘yna va qorako‘ldan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha sanoat markaziga aylantirish strategiyasi sohada tub burilish yasagan holda keyingi 5 yilda sohaning ishlab chiqarish va eksport ko‘rsatkichlarini bir necha barobarga oshirish, eksport geografiyasini kengaytirish va sohada bir necha o‘n minglab yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.

E’tiboringizga taqdim etilayotgan “O‘zcharmsanoat-yuksalish yo‘lida” nomli hujjatli filmda sohaning barcha yutuqlariga o‘zingiz guvohi bo‘lishingiz mumkin.

"O‘zcharmsanoat" uyushmasi Axborot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: