Tanqiddan so‘ng: Maktab yaqinidagi «metan zapravka» qurilishi to‘xtatildi

Jamiyat 17:30 / 05.01.2022 10874

Kun.uz saytida Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanidagi Chek shura mahallasi hududidagi 26-maktab yonida, aholi yashash punktiga yaqin joyda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyasi — «metan zapravka» qurilayotgani, uni qurayotgan tadbirkor aholi e’tirozini inobatga olmayotgani haqida tanqidiy  maqola e’lon qilingan edi.

Farg‘ona tumani hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, tuman hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh holat yuzasidan o‘rganish ishlarini olib borgan.  Surishtiruv natijasida «Metan omad savdo» MChJ tomonidan qurilishga ruxsat beruvchi hech qanday hujjatlar rasmiylashtirilmagani, «Chek sho‘ra» mahalla fuqarolar yig‘ini, Chek sho‘ra ko‘chasi, 103A va 104A-uyni hamda Farg‘ona ko‘chasi, 165-uyda joylashgan hovli joylar sotib olinib, o‘zboshimchalik bilan qurilish ishlarini boshlab yuborganligi aniqlangan.

Tegishli tashkilotlarning mazkur hududda AGTKS qurilishi uchun rad xulosalari berganligini inobatga olib, "Metan Omad Servis" MChJ rahbari D. Karimov 15 kun muddat ichida avtomobillarga gaz quyish shoxobchasini buzib, yer maydonini avvalgi holatiga keltirib qo‘yish haqida ogohlantirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: