Xorazm viloyatining 2022 yil uchun mahalliy budjeti tasdiqlandi

Iqtisodiyot 09:28 / 04.01.2022 16807

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi tomonidan 2022 yil uchun mahalliy budjet tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, daromadlar 2 220,6 mlrd so‘m, xarajatlar 3 067,2 mlrd so‘m miqdorida prognoz qilingan, respublika budjetidan ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar 846,6 mlrd so‘m miqdorida tasdiqlangan.

Xorazm viloyatini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognoziga ko‘ra, Yalpi hududiy mahsulot (YaHM) 29,1 trillion so‘m, uning o‘sish sur’ati 107 foiz bo‘lishi kutilmoqda.

Iste’mol narxlari indeksi 1 yil davomida 114,7 foizga o‘sishi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati 107,5 foizga prognoz qilingan.

Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklarida ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati 102,6 foiz bo‘lishi, chakana tovar aylanmasining o‘sish sur’ati 110,2 foiz bo‘lishi kutilyapti.

Ko‘proq yangiliklar: