Surxondaryoda mashina olib berishini aytib, fuqaroning pulini o‘zlashtirgan qashqadaryolikka jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamiyat 14:47 / 04.01.2022 673

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida mashina olib berishini aytib, fuqaroning pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 16 dekabr kuni Boysun tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, tumanning Temir darvoza mahallasida yashovchi, S.Ali tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

U o‘z arizasida, 2021 yil iyul oyida, Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida yashovchi, K.Tolmas, ishonchiga kirib, avtomashina olib berishni va’da qilib, 1 300 AQSh dollarini olib, o‘zlashtirib ketganini ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, 2021 yil16 dekabr kuni K.Tolmasga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘proq yangiliklar: