Urgutda mashina urib yuborgan 18 yoshli yigit vafot etdi

Jamiyat 18:42 / 01.01.2022 2712

Manbaning ma’lum qilishicha, 2021 yil 31 dekabr kuni soat 14:30 larda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan R-47 Bulung‘ur-Urgut-M39 avtomobil yo‘lining Urgut tumani Mergancha mahallasi hududida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Tez harakatlanib kelayotgan mashina ko‘chani kesib o‘tayotgan, Urgut tumani Ispanza qishlog‘ida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan yigitni urib yuborgan. Oqibatda, yigit og‘ir tan jarohatlari olib, vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 29 dekabr kuni Samarqand tumanida Surxondaryo viloyatiga tegishli bo‘lgan Cobalt mashinasi ham piyodani urib yuborgandi.

Ko‘proq yangiliklar: