«Yangi O‘zbekiston» bog‘i atrofidagi ayrim yo‘llarda transport harakati vaqtincha cheklanadi

Jamiyat 08:10 / 31.12.2021 3805

IIV YHXBB xabariga ko‘ra, bu tashrif buyuruvchi fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, bog‘ atrofida avtoturargohlar hamda to‘xtab turish joylarini tashkil etish choralari ko‘rilgan. 

Shuningdek, 2021 yil 31 dekabrdan 2022 yil 10 yanvar kuniga qadar Bo‘stonliq tumanining "Amirsoy" tog‘li dam olish maskanlariga olib boruvchi yo‘lda, xavfsizlikni va yo‘lning o‘tkazuvchanlik imkoniyatini inobatga olgan holda, vaqtincha bir tomonlama harakatlanish tashkil etiladi.

Avvalroq, Toshkent shahridan “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: